Sahifa yuklanmoqda . . .


Mirrix yulduziga

Go‘zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg‘ani!

Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg‘a tushibsan,

Tuvg‘aningga nechun sira gapurmasdan turibsan?

So‘yla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni?

Bizning yerda bo‘lib turgan tubanliklar, xo‘rliklar,

So‘yla, yulduz, sening dag‘i quchog‘ingda bo‘lurmi?

 

Bormi senda bizim kabi insonlar,

Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar.

O‘rtoq qonin qonmay ichkan zuluklar,

Qardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar?

Bormi senda o‘ksuz yo‘qsulning qonin

-Gurunglashib, chog‘ir kabi ichkanlar?

Bormi senda butun dunyo tuzugin

O‘z qopchig‘in to‘ldirg‘ali buzg‘anlar.

Bormi senda bir o‘lkani yondirib,

O‘z qozonin qaynatg‘uchi xoqonlar.

Bormi senda qorin-qursoq yo‘lida

Elin, yurtin, borin-yo‘g‘in sotqonlar?

1920


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 15-Yanvarda yuklangan

1947 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
go'zal yulduz mirrix yer hol dunyo tubanlik xo'rlik quchoq inson ish shayton o'rtoq qon zuluk qardosh qoplon o'ksuz yo'qsul chog'ir qopchiq o'lka qozon xoqon qorin el yurt bor yo'q sotqin
Muallif
Abdurauf Fitrat

Abdurauf Fitrat

(1886-1938) Abdurauf Fitrat o‘zbek xalqi hayotida XX asr tongida boshlangan Yangi Milliy Uyg‘onish davri va uyg‘onish adabiyotining buyuk vakilidir. Fitrat o‘zbek adabiyotini istiqlol ruhidagi ajoyib she’rlar, publitsistik maqolalar, nasriy asarlar, dramalar hamda tilshunoslik va adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan teran tadqiqotlar bilan boyitdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdurauf Fitrat She'rlari Abdurauf Fitrat asarlari