Sahifa yuklanmoqda . . .


Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen...

Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen.

Vah, qachon yetkaymen ut dilbanda men

Bevafolarga meni qilding asir.

Sen menga sultonsen, ey dil, banda men.


Ushbu tuyuqni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
02-Yanvarda yuklangan

103 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ilk dil banda dilband bevafo asir sulton
Muallif
Lutfiy

Lutfiy

(1366-1465) XV asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan o‘zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya’ni «so‘z podshosi» deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan «ulug‘ ustod» ma’nosidagi «Mavlono» sifatining qo‘shib tilga olinishi ham shundan. Obro‘yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki, Alisher Navoiy uni o‘zining ustozlaridan biri deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Majolis un-nafois» tazkirasidagi shu ulug‘ shoir haqida aytilgan quyidagi iliq so‘zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o‘z zamonasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi va turkcha devoni mashhurdur».

Batafsil


Yangi Tuyuqlar Lutfiy Tuyuqlari Lutfiy asarlari