Sahifa yuklanmoqda . . .


Men osiy bandangman, rizoying qani...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Men osiy bandangman, rizoying qani?

Dilim qop-qorong’i, ziyoying qani?

Itoatim uchun Jannatni bersang,

Bu mening haqqim-ku, atoying qani?


Ushbu xos ruboiyni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 08-Mayda yuklangan

78 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Behzod Muhammadkarimov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
osiy banda rizo dil qorong'i ziyo itoat jannat haq ato
Muallif
Umar Xayyom

Umar Xayyom

Ulug’ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo’lgan G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Eronning Nishopur shahrida tug’ilgan. Aniq fanlar sohasida o’z davrining yagonasi bo’lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo’lgan. Uning riyoziyot, ilmi nujum va falsafaga oid bir qancha asarlari bizgacha yetib kelgan.

Batafsil


Yangi Xos ruboiylar Umar Xayyom Xos ruboiylari Umar Xayyom asarlari