Sahifa yuklanmoqda . . .


Kapalakka almashaman

Bisotimni bog`da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko`kdagi zilol,
Kamalakka almashaman men.

Yog`dularga ko`milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo`lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Qo`shiqlarim bo`lib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!..
Barcha yozgan she'rim bir kosa
Sumalakka almashaman men.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

118 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kapalak bisot bog' halol hayot ko'k zilol kamalak yog'du shahar beton biqin uy qasr guvalak shoir jin havas ini shuhrat tot tilim handalak qo'shiq ovoza yurt mashhur she'r kosa sumalak
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari