Sahifa yuklanmoqda . . .
Jilg‘alarning suvi bir bo‘lib,
Guvillaydi timnimsiz dara.
Tog‘ o‘ylaydi pastga termilib,
“Men buyukman soylardan ko‘ra!”
Tog‘ sukutni manguga asrab,
Eshitmaydi shovqinni sira.
Soy o‘ylaydi cho‘qqiga qarab:
“Men buyukman tog‘lardan ko‘ra!”
1968
Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).