Sahifa yuklanmoqda . . .


Ilhom

Tun chodirin yopinadi kelinday,
Sayyoralar pirpiraydi boshimda.
Hasos o‘ylar tortqilashib qo‘limdan,
Sukut qizi ta’zim qilar qoshimda.

Yuragimdan to‘kiladi nimadir,
Qiyofasin bilmoq bo‘lib qarayman.
Chehrasini ko‘rolmayman baribir,
Go‘daklarday shoshib undan so‘rayman.

-O‘zi ne gap, kuttirmasdan so‘zlay qol,
Nesan o‘zing, yosh ko‘ksimni tig‘lagan?
-Toshayapman, sen ishonchim, yo‘lga sol,
Men ilhomman yuragingga sig‘magan!..

1968


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
17-Martda yuklangan

85 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tun chodir kelin sayyora bosh qo'l sukut qizi ta'zim qosh
Muallif
Amirqul Po'lkan

Amirqul Po'lkan

Amirqul Po‘lkan kamtar, kamso‘z, lekin ishonchli do‘stlari davrasida dilkash, tafakkuri teran shoir edi. U bilan do‘stona munosabatlarimiz bor edi. U „Sharq Yulduzi“ining she’riyat bo‘limida, men esa yozuvchilar uyushmasida she’riyat bo‘yicha adabiy maslahatchi bo‘lib ishlardim. Uning she’rlari quyma shaklda, misralari me’yoriga etkazilgan bo‘lar, quruq maqtovni yoqtirmas, tez qizarib ketguvchi edi (Shoir Yodgor Obid xotiralaridan).

Batafsil


Yangi She'rlar Amirqul Po'lkan She'rlari Amirqul Po'lkan asarlari