Sahifa yuklanmoqda . . .


G'urbatda ul oy hajri...

G'urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,

Hijron bila g'urbat manga ta'sir qilibtur.

 

Maqdur boricha qiluram sayi visoling,

To Tengrini bilmonki, ne taqdir qilibtur.

 

Taqdirdur ul yon-u bu yon solg'uchi, yo‘qsa,

Kimga havasi Sanbal-u Tatyir qilibtur.

 

Bu Hind yeri hosilidin ko‘p ko‘ngul oldim,

Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.

 

Sendin bu qadar qoldi yiroq, o‘lmadi Bobur,

Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

1767 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
g'urbat oy hajr pir hijron ta'sir maqdur sa'y visol tengri taqdir sanbal tatyir hind yer hosil ko'ngul sud dilgir yiroq bobur ma'zur yor taqsir
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari