Sahifa yuklanmoqda . . .


GULIM ARMON


Ko'zlarimni yumdim xayolimda sen,
Surating ko'zlarimda abadiy qolgan,
Mening muhabbatim yolg'onmas gulim,
Sensizlikda yurak o'tlarda yongan.

Bilmaysan qalbimda armon dardlari,
Qalbimning tubida surating chizgan,
Ko'zlarim yoshini daryolar qilib,
Shu daryoga sevgimni cho'ktirib qo'ygan.

Kulgularing hech o'chmas yodimdan,
Tirnalar qalbimni o'tmishim yodi,
Mungli nido kelar samodan,
Meni yupadi sevgim imdodi.

Unutolmasam aytgin na qilay,
Qalbimda muhabbat armon bo'lganmi,
Gulim qarashlaring qanday unutay,
Sevgimga armon soya solganmi.

Sening nigohinga shaydolar bo'lgan,
FERUZ KAMOL satri sen uchun gulim,
Butun vujudimni sevging yondirgan,
Sovusam sevgimdan men uchun o'lim.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
15-Martda yuklangan

161 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
gul armon xayol ko'z yurak
Muallif
Feruz Kamol

Feruz Kamol

Feruz Kamol 1993-yil 3-mayda Buhoro viloyatining Shofirkon tumanida tug'ilgan. Ijodkorning ma'lumoti o'rta. Hozirda yosh shoirning bir nechta she'rlarini e'tiboringizga havola etamiz. Yosh ijodkorga esa o'z ustida yanada ishlashni tilab qolamiz.

Batafsil


Yangi She'rlar Feruz Kamol She'rlari Feruz Kamol asarlari