Sahifa yuklanmoqda . . .


G'ofil o‘lma…

G'ofil o‘lma ey soqiy, gul chog'in g'animat tut!

Vaqti aysh erur boqiy ol chag'ir, ketur, bot tut!

 

Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla,

Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g'animat tut!

 

G‘ofil o‘lma davlatda o’zni solma mehnatda,

Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut!

 

Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor,

Bo‘sa, vasl beag'yor davlat-u saodat tut!

 

G'am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur,

Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!


Ushbu yakpora g'azalni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
12-Sentabrda yuklangan

67 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
soqiy gul chog’ g’animat vaqt aysh nasihat tong kun tangri davlat mehnat himmat visol yor bo’sa
Muallif
Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur

(1483-1530) Zahiriddin Muhammad Bobur adabiyotimiz tarixidagi takrorlanmas siymolardan biridir. U faqat yirik adib, buyuk tarixchi, ulkan olimgina emas. balki mohir sarkarda va buyuk davlat arbobi ham edi. Uning ijodi mana shu sohalarning barchasi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga keldi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Zahiriddin Muhammad Bobur Yakpora g'azallari Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari