Sahifa yuklanmoqda . . .


G‘azali Qozi Muhammad Rajab Avj dar borayi xud

(Qozi Muhammad Rajab Avjning o‘zi to’g’risidagi g‘azali)

 

Kelgil, ey ahbob, avval tarzi raftorimni ko‘r,

Ba’d davri gumbazi davri dastorimni ko‘r.

 

Kimki dastorimni ko‘rsa, o’rni(dan) qo‘rqib (turar),

Betahorat aylagan olamni murdorimni ko‘r.

 

Gohkim boshimga sallam o‘lmasa, ul dam qarab,

Rasm-u rohi, tuhmat-u shaltoq kirdorimni ko‘r.

 

Qozilikda jam’i qilgan pulni savdo aylasam,

Asfalasofil degan davrida bozorimni ko‘r.

 

To adamdan azmi dunyo ayladim yuz voy kim,

Qo‘ymadim olamda bir kun nafsi qahhorimni ko‘r.

 

Boshlanur boshi sabohi uyqudin to‘nim shon,

Olti eshik, yetti teshik non-u nondorimni ko‘r.

 

Bir magarmajman ki yuz ming ajdaho gar uchrasa,

Aylaram bir luqma devi ju’i ashrorimni ko‘r.

 

Garchi men qildim taxallus Avj yolg‘ondir hama,

Xalqning ostida qolgan baxti jabborimni ko‘r.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 11-Yanvarda yuklangan

189 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ahbob tarz raftor davr dastor tahorat olam bosh salla rasm roh tuhmat qozi pul savdo bozor adam azm dunyo nafs qahhor uyqu to'n shon eshik teshik non ajdaho luqma dev taxallus avj yolg'on xalq baxt jabbor
Muallif
Maxmur

Maxmur

(XVIII asr oxiri – 1844-yillar) Adibning asl ismi Mahmud bo’lib,u ikki tilda: o‘zbek va tojik tillarida ijod qilgan. Shoirning lirik asarlari ham anchagina. Ammo unga shuhratni asosan hajviy asarlari keltirgan. Uning bizgacha bir qo‘lyozmasi yetib kelgan. Unda 69 ta asar bor. Ko‘plab bayoz va tazkiralarda ham Maxmurning ijodidan namunalar saqlanib qolgan.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Maxmur Yakpora g'azallari Maxmur asarlari