Sahifa yuklanmoqda . . .


Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz...

Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz,

Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz.

 

Gar muyassar bo‘lsa bir mahbub ila bazmi nishot,

Mensizin suhbat tuzarga mayl-u rag’bat qilmangiz.

 

Topsangiz bazmi visoli, anda yod etmay meni,

Zor ko‘nglumni asiri dog’i furqat qilmangiz.

 

Men kibi yo‘qdur aroda, mankub-u maxmuri aysh,

Kimsaga mandin ziyoda boda shafqat qilmangiz.

 

Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob,

Jami nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz.

 

Do‘st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do‘stidin,

Munis ahvolin ko‘rub tarki muhabbat qilmangiz.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 06-Yanvarda yuklangan

203 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
do'st dam ohang ishrat hasrat sahbo mahbub bazm suhbat mayl rag'bat visol ko'ngul furqat mankub maxmur aysh boda shafqat donish kitob nodon ulfat munis muhabbat
Muallif
Shermuhammad Munis

Shermuhammad Munis

(1778-1829) Shermuhammad Amir Avazmuhammad o‘g‘li MunisXorazmiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog’ida dunyoga kelgan. U madaniyatimiz tarixida shoir, tarixchi, tarjimon, xattot va ma’rifatparvar shaxs sifatida nom qoldirgan. Xiva xoni Shermuhammadni saroyga farmonnavis kotib qilib tayinlaydi. Munis butun ongli faoliyati davomida ilm-fan, madaniyat va san’at kishilariga homiylik qiladi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Shermuhammad Munis Yakpora g'azallari Shermuhammad Munis asarlari