Sahifa yuklanmoqda . . .


Biz baxtli bo‘lamiz

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Mayli-da kimgadir yoqsa, yoqmasa,

Ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik.

Biz baxtli bo‘lamiz,

Xudo xohlasa.

Xudo xohlamasa,

Uchrasharmidik...

 

Rayhon hidlaringni

yo‘llarimga sep,

Kut meni har oqshom

ko‘kka oy chiqqan.

Faqat

yig‘lamagin,

aybim nima deb,

Aybing — onang seni chiroyli tuqqan!..

 

Menga bir tabassum

hadya et, ey yor,

nur tomsin

lablaring

sohillaridan.

O‘zing ayt,

senday qiz

yana qayda bor,

Kipriklari uzun kokillaridan?..

 

Iymanib yashama

xayol pinjida,

Yoyil, yayra, jonim, 

o’rtanma g‘amda.

G‘iybatlarga chida,

Tuhmatga chida:

Sen bittasan, axir,

Yorug‘ olamda.

Men esa oshig‘ing

sening eng g‘arib,

Tundan so‘z

qarz olib,

tongga tutguvchi.

Sening yoningda ham

seni axtarib,

Sening yoningda ham

Seni kutguvchi.

Ista

tiz cho‘kaman

hozir oldingda,

Sevdim,

sevganimdan

uyalmoq nechun?

Barcha farishtalar

sening qalbingda,

Ijarada turgan

qizlar men uchun!..

Biz baxtli bo‘lamiz,

Xudo xohlasa.

Xudo xohlamasa,

Uchrasharmidik.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 16-Fevralda yuklangan

6609 marta ko'rildi

10 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Muhammad Yusuf o'qidi


Tayanch tushunchalar:
baxt yig'i xudo uchrashuv rayhon hid yo'l oqshom ko'k oy gunoh ayb ona chiroy tabassum hadya yor nur lab sohil qiz kiprik kokil xayol pinj jon g'am g'iybat tuhmat olam oshiq tun tong qarz so'z
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari