Sahifa yuklanmoqda . . .


Abadiyat oralab...

Ayt, ey xasta bulbulim,

O'shga qachon yetamiz?

Yashil bog'lar sarg'ardi,

Mag'iz bo'ldi gujumlar.

Oh, voy, muncha yo'l og'ir,

Bulbulim...

Ulkan soat o'rtasida

Madorim yo'q yurmoqqa,

Qashqirlar davrasida

Sudralaman turmoqqa.

Shunda qolib ketsam gar

netamiz?

Abadiyat oralab

O'shga qachon yetamiz?

Qorli tog'lar bag'rida

Begim – O'shim ko'rindi,

Sulton – O'shim ko'rindi...

1996-yil sentabr oyi


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
2017, 21-Fevralda yuklangan

456 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
abadiyat xastalik bulbul o'sh yashil bog' mag'iz gujum yo'l soat mador qashqir davra qor tog' bek sulton
Muallif
Shavkat Rahmon

Shavkat Rahmon

Hozirgi zamon o’zbek adabiyotida o’ziga xos iz qoldirgan Shavkat Rahmon O’sh shahrida tavallud topgan. Shavkat Rahmon chinakam otashnafas millatsevar shoir edi. U o‘z kayfiyatlarini tasvir etish bilangina kifoyalanadigan shoirlar sirasidan emasdi. U hamisha millat dardini, xalqining armonlarini ifodalashga intilardi. Chunki u o‘z taqdirini, hayotini millatining hayoti va taqdiridan ayri tasavvur etmasdi. U har bir millatdoshining ko‘ngil mulkiga kirib borishni orzu qilib, shu yo‘lda tinimsiz dard chekib yashagan shoirdir.

Batafsil


Yangi She'rlar Shavkat Rahmon She'rlari Shavkat Rahmon asarlari