Sahifa yuklanmoqda . . .


Yoshlik

Kunlarimni yoshligimdan ayamadim,

Menda yoshlik nokaslikni hech ko‘rmadi.

Qiz sevganda, ho‘ngir-ho‘ngir qon yig‘ladim,

Go‘yo, qalbim amri - azmimni bir so‘rmadi.

 

Yoshligimning tarozusi beposangi,

Bir pallasi bahor toshi bilan og‘ir:

Sevinchim ko‘p... shodligim zo‘r... tilim biyron,

Qaysi umr shunday yoshlik ko‘rdi, axir?

 

Yuragimga achchiq-achchiq botar edi,

«Bog‘ ko‘chada» sharsharaning mungli kuyi...

Hayron bo‘lib, bolalikda o‘ylar edim,

Qaydadir deb bu oftobning yotar uyi?                                            

 

Bolaligim gul bog‘larni ko‘rolmagan,

G‘arib bo‘lib, mungshib yurgan ko‘chalarda.

Yulduz sanab, yildan uzun kechalarda

Hisobiga sira, azal yetolmagan.

 

Ayamadim yoshligimdan kunlarimni,

Nokaslikni ravo ko‘rmay sevintirdim,

Chunki, unga yuragimda o‘lib qolgan

Bolaligim erkaligin tiriltirdim.

 

Yoshligimning sarguzashti benihoyat,

Bisoti ham tasodifga to‘lib bitgan...

Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan,

Hodisani yetaklarkan sababiyat.

Toshkent, 1934


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 19-Yanvarda yuklangan

412 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yoshlik kun nokaslik qiz sevgi qon yig'i qalb amr arz so'roq tarozu posangi palla bahor tosh sevinch shodlik til umr yurak bog' ko'cha sharshara kuy mung o'y oftob uy gul yulduz yil kecha erkalik sarguzasht tasodif
Muallif
Usmon Nosir

Usmon Nosir

(1912-1944) Qisqa umr ko'rgan bo'lishiga qaramay, o'zidan jahon adabiyotining eng yaxshi asarlari qatoridan o'rin olishga arzigulik asarlar yozib qoldirgan mashhur o'zbek shoiri va dramaturgi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi.Shu bois uning bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi.

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Nosir She'rlari Usmon Nosir asarlari