Sahifa yuklanmoqda . . .


Yordin ayru ko‘ngul…

 

Yordin ayru ko‘ngul mulkedurur sultoni yo‘q,

Mulkkim sultoni yo‘q, jismedururkim, joni yo‘q.

 

Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlarkim, ul

Bir qaro tufroqdekdurkim, gul-u rayhoni yo‘q.

 

Bir qaro tufroqkim, yo‘qtur gul-u rayhoni anga,

Ul qarong‘u kechadekdurkim mohi toboni yo‘q.

 

Ul qarong‘u kechakim, yo‘qtur mohi toboni anga,

Zulmatedurkim, aning sarchashmayi hayvoni yo‘q.

 

Zulmatekim, chashmayi hayvoni oning bo‘lmag‘ay

Do‘zaxedurkim, yonida ravzayi rizvoni yo‘q.

 

Do‘zaxekim, ravzayi rizvondin o‘lg‘ay noumid,

Bir xumoredurki, anda mastliq imkoni yo‘q.

 

Ey Navoiy, bor anga mundoq uqubatlarki, bor,

Hajrdin dardi va lekin vasldin darmon yo‘q.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 03-Yanvarda yuklangan

1223 marta ko'rildi

9 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yor ko'ngul mulk sulton jism jon musulmon qaro tufroq gul rayhon qarong'u kecha moh tobon zulmat sarchashma hayvon do'zax rizvon ravza umid xumor mast imkon navoiy uqubat hajr dard vasl darmon
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Musalsal g'azallar Alisher Navoiy Musalsal g'azallari Alisher Navoiy asarlari