Sahifa yuklanmoqda . . .


Yomg‘ir yog‘ib o‘tadi

Yomg‘ir yog‘ib o‘tadi
Tunni oralab sim-sim.
Shamollarda seskanib,
To‘kilib titranar bog‘.
Go‘yo bog‘ning ichinda —
Belanchagi — izg‘irin,
Yo‘rgagi — bargi xazon —
Alahsirar chaqaloq.
Derazadan tushgan nur
Yonar o‘rik shoxida.
Shox — bemor, sovuq qotgan
Go‘dakning besh panjasi.
Uni nodon onasi
Tashlab mening bog‘imga,
O‘zi bahor ortidan
Sarson ketgan chamasi.

Onasiz qolgan bolam,
Chorasiz yongan bolam —
Tungi bog‘lar ichinda
Qolib ketding, jonim kuz.
Hasratlari mo‘l bolam,
Yomg‘irlarda ho‘l bolam —
Bag‘rimga bosay desam
Quchog‘im yetmas, afsus...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

239 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
kuz yomg'ir sovuq ona bola chaqaloq bog' xazon
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari