Sahifa yuklanmoqda . . .
Yomg‘ir.
Bekat.
Erkakning egnida yomg‘irpo‘sh.
Ayolning ko‘ylagi badaniga yopishgan.
(Oltmishinchi avtobus to‘xtab o‘tadi).
"Sovuq qotdi,— o‘ylaydi erkak,—
Yomg‘irpo‘shni yelkasiga tashlasam
Xafa bo‘lmasmikin?"
(Oltmishinchi avtobus to‘xtab o‘tadi).
"Chiroyli ekan,— o‘ylaydi erkak,—
Yoshi ham o‘ttizdan oshmagan.
Qani edi, shunday xotinim bo‘lsa..."
(Oltmishinchi avtobus to‘xtab o‘tadi).
"Balki u taqdirimdir,—o‘ylaydi erkak,—
Ammo yomg‘irpo‘shtni
elkasiga tashlasam,
otib yubormasmikan?
Baribir ayol-da__
Chiroyli bo‘lsa ham..."
(Oltmishinchi avtobus olib ketadi ayolni).
Uf tortadi erkak.
(Uyida
ivigan kiyimlarini
yana o‘zi
xo‘rsinib
yechadi ayol).
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).