Sahifa yuklanmoqda . . .


XX asr onasi

Qimirladi tunda u
Yuragimning ostida,
Qimirladi qo’rquvu
Ajib bir talvasada.

Go’yo so’ramoq bo’ldi:
— Ona, ayt, tinchmi olam?!
Yuragim g’amga to’ldi,
Shivirladim: — Jim, bolam!

1985


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

19 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari