Sahifa yuklanmoqda . . .
“Uxlanglar, uyg’oning…” –
Shivirlar tun aro sham.
Dast uyg’onib qarasam
Oqib yotibdi qonim…
Uyg’onib qarasang-chi,
Uyg’otib qarasang-chi…
Achchiq ko’zyosh. Qora qon.
Qonga bo’yalgan qamchi?
Beton zindon. Ko’r qo’rquv.
Oq tuz sepilgan kunda…
Uyqudan uyg’oning, huv,
Qolib ketmangiz tunda…
1989
O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.