Sahifa yuklanmoqda . . .


"Turdiman" radifli g'azal

Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman,

Kelturan amvojg‘a bahri talotum Turdiman.

 

Qirq, Yuz, Ming aqrabolar etdilar mandin nufur,

Ne balo baxti qaro-yu toleyi shum Turdiman.

 

Rishtadek ming pech-u tob jismi so‘zondin o‘tar,

Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 05-Yanvarda yuklangan

857 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qatra nochiz zot qulzum turdi amvoj bahr talotum aqrabo nufur balo baxt qaro tole shum rishta pech tob jism so'zon vujud e'tibor chashm mardum
Muallif
Turdi Farog'iy

Turdi Farog'iy

(taxminan 1640-1699/1700) Shoir XVII asrda Buxoro xonligida yashagan. Murakkab hayot yo’lini bosib o’tgan. Undan bizgacha hammasi bo’lib o’n sakkiz she’r yetib kelgan. Hajmi - 434 misra. She’rlarning o’n ikkitasi -g’azal, beshtasi -muxammas, bittasi -fard. She’rlardan ikkitasi fors tilida, qolganlari o’zbekcha yozilgan. Turdi Farog'iyning she’rlarini mavzu yo’nalishiga ko’ra ishqiy-falsafiy va ijtimoiy-siyosiy kabi ikki guruhga bo’lish mumkin.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Turdi Farog'iy Yakpora g'azallari Turdi Farog'iy asarlari