Sahifa yuklanmoqda . . .


Tungi konsert

"Shashmaqom"ning qay sho‘basida
Yig‘layotir ko‘nglim bu kecha?
Musiqani bo‘lmagin, bedard...
Olam temir zirhini yechar.

Qorong‘ulik burchak-burchakda
Chayqaladi, kuladi maston.
Yaqin kelar kecha yurakka
Va yashashga qolmagay darmon.

Kechalarning volalarida
Musiqaning silqigan qoni.
Mahbubaning nolalarida
Dorga osar o‘zini jonim.

Mayli, davom etsin bu kecha!
Musiqani bo‘lmagin, bedard...
Nahot, dorga osilganimcha
Tongga qadar qolmoqligim shart?


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 18-Mayda yuklangan

42 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tun konsert kuy shashmaqom ko'ngil musiqa dard kecha
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari