Sahifa yuklanmoqda . . .
Tosh-beton cho‘ng qoyalarda
Kabutarday yashagan qiz,
Qo‘llarini — yolg‘izlikdan —
Yelkamga jim tashlagan qiz,
Bu sevmaslik dunyosida
Xatarli ish boshlagan qiz —
Kelmaydimi ikkimizni
Baxtli-baxtli yashagimiz?
Ammo bizning ko‘zimizda
To‘kmoq uchun yoshimiz ko‘p.
Ko‘nglimizga otmoq uchun
Tilimizda toshimiz ko‘p.
Go‘yo hali o‘lmoq uchun
Boshimiz ko‘p, boshimiz ko‘p -
Bo‘lmasa... O, kelmasmidi
Baxtli-baxtli yashagimiz?
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).