Sahifa yuklanmoqda . . .


Sholg’om

(rus xalq ertagi)

Bobo sholg'om ekibdi. Sholg'om kattakon bo'lib, o'sib yetilibdi.
Bobo sholg'omni tortib olgani boribdi. Tortib, tortib, yerdan tortib ololmabdi.
Bobo buvini yordamga chaqiribdi.
Buvi boboni, bobo sholg'omni tortibdi-toritibdi, biroq sholg'om o'rnidan qo'zg'almabdi.
Buvi nabirasini chaqiribdi.
Nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishib-tortishib, bu safar ham tortib olisholmabdi.
Nabira kuchukni chaqiribdi.
Kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishibdi-tortishibdi, biroq sholg'omni tortib olisholmabdi.
Kuchuk mushukni chaqiribdi.
Mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishibdi-tortishibdi, lekin tortib olisholmabdi.
Shundan so'ng mushuk sichqonni chaqiribdi.
Sichqon mushukni, mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishibdi-tortishibdi va oxiri tortib olishibdi.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2016, 31-Dekabrda yuklangan

3834 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sholg'om bobo buvi nabira kuchuk mushuk sichqon tortmoq
Muallif
Xalq og'zaki ijodi

Xalq og'zaki ijodi

Batafsil


Yangi Sehrli ertaklar Xalq og'zaki ijodi Sehrli ertaklari Xalq og'zaki ijodi asarlari