Sahifa yuklanmoqda . . .


Sevging yuragimda bir daryo bo‘ldi...

Sevging yuragimda bir daryo bo‘ldi,
Falakdan falakka oqdi betinim.
Qaradim: u nogoh qon bilan to‘ldi —
Senga nima bo‘ldi, sevgilim?

Sevging yuragimda bog‘day ko‘kardi,
Bu bog‘da bulbullar chiqardi tilin,
To‘fon daraxtlarni noxos qo‘pordi —
Senga nima bo‘ldi, sevgilim?

Sevging yuragimda tog‘day yuksaldi,
Unga yulduzlar ham ochdilar dilin.
Angladim: bu tog‘ ham birdan yiqildi —
Senga nima bo‘ldi, sevgilim?

Savollar tilimda — bo‘zlab borurman,
Sendanmi, Allohdan omonlik tilab.
Tubsiz yuragimni kechib horirman —
Bog‘larday yiqilib,
Bog‘larday tugab.

Ko‘zingdan yoshlaring oqadi sim-sim,
So‘zlaysan — lablaring titrar ginadan:
— Sizga nima bo‘ldi, sevgilim?
Yiqilgan menman-ku,
Menman — qulagan...

Erkaklar ko‘nglini unga yoradi,
Ayollar tashlaydi ko‘zlarin qirin.
Qog‘ozga imzolar chekib tashlaydi,
Kimdandir haqqini qiladi talab...

Bu odam kunduzi shunday yashaydi,
Armonni tosh qafas — ko‘krakka qamab.


 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 18-Mayda yuklangan

56 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sevgi daryo armon imzo tog' yurak bog' qon daraxt yulduz
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari