Sahifa yuklanmoqda . . .


Sen uxlayapsan...

Sen uxlayapsan.
derazadan tushgan oy nuri
sudralib-sudralib
ko‘rpangga yetar.

Dunyodagi Eng Go‘zal Ayol,
oyning nurlariga o‘ranib uxla,
oyning nurlarini quchoqlab uxla,
meni sog‘ingan lablaringni
oyning lablariga bosib uxlagin...

Men bora olmayman. Yurak to‘la tosh.
Ayt, qachon vaznsiz bo‘lmoqlik mumkin?
Qanday oy nuriga aylansa bo‘lar
va qachon oy nuriday sarg‘aygan qo‘llarim
qaro sochlaringni silab titragay?

Dunyodagi Eng Go‘zal Ayol,
nahot, bir umr kerak bo‘lsa,
oy nuriga aylanmoq uchun?..


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

30 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ayol sevgi deraza oy nur tun sog'inch umr
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari