Inernet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritadi.
Portal tarkibi va bo'limlari
Portal ikki tildagi versiyalarga ega bo'lib quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
a) asosiy - "Bosh sahifa", "Dasturchilarga", "Yangiliklar"
b) qo'shimcha - "Portal yangiliklari", "Ommabop ma'lumotlar", "Tashkilotlar", "Portal haqida", "Qayta aloqa", "Ma'lumotlardan foydalanish shartlari".