Milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy boy merosimizni tiklash va ularni chuqur o‘rganish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimiz o‘rtasida targ‘ib etish, imom Zamaxshariy, Abdurahmon Jomiy kabi bobokalonlarimiz ijod qilgan arab tili va grammatikasiga bo‘lgan rag‘batni qondirish, saqlanayotgan tarixiy va nodir qo‘lyozmalarni avlodlarga yetkazish, ajdodlarimiz hayoti, axloqi va yuksak ma’naviyatini ifodalovchi matnlarni tarjima qilib, yoshlar qalbida ular qoldirgan merosga hurmat, e’zoz va muhabbat tuyg‘usini shakllantirish.