Sahifa yuklanmoqda . . .


Samarqand

O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga

Quchog‘ingga qaytdim, onajon —
Ey, sen mening sevimli Baytim.
Senda ilk bor ko‘z ochgan edim,
So‘nggi dam ham bag‘ringga qaytdim.

Sen — baxt kabi aziz va dilbar,
Sen — taxtdan ham yuksak va baland,
Ko‘zlarimga ko‘rinib turar
Gumbazlari moviy Samarqand.

Ko‘kdan sochar qaldirg‘ochlaring
Valfajrning titroqlarini
Va ming yillik tut og‘ochlari
To‘kar umrim yaproqlarini.

Rayhon isi kelib bog‘ingdan
Yulduzlarga ertak to‘qiydi
Va qadimiy Ko‘hak tog‘ingda
Avliyolar duo o‘qiydi.

Onam izi bor tuprog‘ingda
Chechak bo‘lib ungayman bahor.
Endi sening har gard xokingda
Yuragimning o‘tli tafti bor.

Sen o‘xshaysan qadim navoga,
Yaralgansan ilohiy kuydan.
Agar yana qaytsam dunyoga,
Quchog‘ingda tug‘ilay deyman.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

28 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari