Sahifa yuklanmoqda . . .


Odamlarga ko‘cha-ko‘ylarda...

Odamlarga ko‘cha-ko‘ylarda Vujudingiz ketar qo‘shilib. Go‘yo ezgu, odil o‘ylarda Borayotir Alloh qo‘shini. Zero, ko‘ngil yo‘lboshchi ekan, Qibla erur to‘rt taraf bori, To‘rt taraf ham bir kun, da’fatan Olib chiqar HAQIQAT sori. Ammo Shayton ajratib qo‘ydi Bu dunyoning insonlarini. Odamlarning qalbida qurdi Chegaraning tikonlarini. — Men bilan yur! — Men boshqa yo‘ldan... — Sen — dushmanim! — Sen ham menga yov! Ko‘ngil yo‘li eltuvchi maskan Yaktoligin anglamas birov. G‘azab asir olmishdir sizni, Besabrlik — eng ulug‘ rasm. Asramaysiz bir-biringizni... Endi sizni xudo asrasin!


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

48 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
odamlar Alloh shayton birlik ajralish fitna g'azab sabr
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari