Sahifa yuklanmoqda . . .


Nimadandir bo‘lib bezovta...

Nimadandir bo‘lib bezovta,
Itlar hurib qoldi nogahon.
Kimdir kezar chorbog‘da, ana...
Shitir-shitir etmoqda xazon.

Yog‘a boshlar yomg‘ir imillab,
Kuzgi bog‘lar bag‘ri tumanzor.
U jim turar nimadir tilab,
Derazamga boqib umidvor.

Ishqu nafrat o‘rtasidaman...
Izlagancha qalbimdan shafqat,
Unga g‘amgan boqib turibman,
Kel, demoqqa topolmay jur’at.

U ketadi beumid, ma’yus,
Quchog‘iga oladi tuman...
Ko‘z yummayman tong otguncha yuz,
Itlar yana hurisharmikan?..


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Aprelda yuklangan

41 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ayriliq umid it chorbog' kuz bog' deraza yomg'ir
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari