Sahifa yuklanmoqda . . .


Muhabbat, sen chiroyli

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Tag`in bir zum turaylik,
Gapirmayman, uyalsang...

So`ng ketarmiz. Sezdimki
Men orzuga yetmadim.
Seni shunday sevdimki
Qo`lingdan ham tutmadim.

Qo`ling... sening qo`llaring,
Muloyimdir, ehtimol.
Ayri tushdi yo`llarim,
Sevar yorim, yaxshi qol.

Muhabbat, unut meni,
Va men ham... unutmayman.
Tushlaringda kut meni,
Tushlaringga kirgayman...

Muhabbat, sen chiroyli,
Muhabbat, sen go`zalsan.
Kel, ko`rishib turaylik, 
Salomlashmay, uyalsang.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 24-Aprelda yuklangan

334 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
muhabbat chiroy go'zal gap uyat orzu sevgi qo'l yo'l yor unutmoq ehtimol tush ko'rishish salom
Muallif
Muhammad Yusuf

Muhammad Yusuf

Sodda va xalqona tilda bitilgan samimiy she'rlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan shoir. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘ziga xosligi bilano'quvchilar qalbida aks sado berdi. Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o‘zbek qo‘shiqchiligi rivojida muhim o‘rin tutadi. Milliy san’atimizning eng yirik va iste’dodli vakillaridan tortib, havaskor qo‘shiqchilargacha shoir she’rlarini kuyga soladilar.

Batafsil


Yangi She'rlar Muhammad Yusuf She'rlari Muhammad Yusuf asarlari