Sahifa yuklanmoqda . . .
Miltiq noxos otadi,
Aks-sado qilar nido.
Birdan
Bejon qotadi
Ko‘ksi teshilgan havo.
Miltiq,
Niqobingni yech!
Sen kimdan bo‘lding paydo?..
O‘qni
Kechirmayman hech!—
O‘pkamda qonli havo.
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).