Sahifa yuklanmoqda . . .
Men nechun yongan dilimni so‘ndirolmayman, gulim,
Kul bo‘lishga qismatimni ko‘ndirolmayman, gulim.
Kim bilur otashda yongan kunlarimning qadrini,
Kecha qalblarni nurimga to‘ldirolmayman, gulim.
Baxt qushi uchgay falakda — kelmagaydir aylanib,
Otashin boshimga oni qo‘ndirolmayman, gulim.
Bezdirib gulxanligim, do‘stu yor tark ayladi,
Senga ham qalb taftini bildirolmayman, gulim.
Laxcha-laxcha cho‘g‘larimni suvlarga qatra sochmadim,
Begunoh bahri muhitni o‘ldirolmayman, gulim.
Men neni yozdim, mudom qog‘ozni bir hayf o‘rtadi
Men nechun dunyo ishini bo‘ldirolmayman, gulim?
O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).