Sahifa yuklanmoqda . . .


Men jahonidin kechtim-u...

Men jahondin kechtim-u kechmas mening jonimdin el,

Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.

To‘sh-to‘shimdin baski rasvolig' o‘ti lov-lov yonar,

Har tarif yo‘ldin chiqarlar o‘lsalar yonimdin el.

Baxtim uyqusig'a go‘yokim surudedur hazing,

Ko‘yida bukim uyumas har tun afg'onimdin el.

Tanimaslar bir-birin yog'qan mazallar gardidin,

So‘rg'ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el.

Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,

Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog'i pinhonimdin el.

Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jom birla tavf,

Ka'bayi ko‘yin xabar topquncha borg'onimdin el.

Ey Navoiy, qilmag'aylar ayb agar devonamen,

Ul pari vasfin o‘qug'an soyi devonimdin el.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 15-Iyulda yuklangan

584 marta ko'rildi

3 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
jahon jon el qon baxt uyqu tumor junun Xizr Ka’ba jom Devona devon
Muallif
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy

(1441-1501) Hazrati Alisher Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho’qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilda bunchalik «ko’p va xo’b» (Bobur) yozmagan edi. Aytish mumkinki, undan keyingi salkam olti yuz yil ichida ham hech kim u kabi ko’p va yaxshi yozolgani yo’q. Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. U o’zini «Xitodin to Xuroson»gacha yoyilgan turkiy «qavm»larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi -«yakqalam» qildi. Buyuk shoir Xurosonda, uning poytaxti Hirotda yashab ijod etdi.

Batafsil


Yangi Yakpora g'azallar Alisher Navoiy Yakpora g'azallari Alisher Navoiy asarlari