Ma'ruf Mo'minov Solihulovich – 1994-yilda Toshkent viloyati Angren shahrida tug'ilgan zamonaviy o'zbek havaskor shoiri va ijodkoridir. U adabiyot maydoniga 2015-yilda kirib kelgan bo'lib, o'zining samimiy va falsafiy she'rlari bilan tanilgan.Ijodiy faoliyati va asarlariMa'ruf Mo'minovning she'riy namunalari bir qator nufuzli to'plamlar va davriy matbuotda chop etilgan. Uning ijodi quyidagi to'plamlarda jamlangan:"Armugʻon" badiiy to'plami"Tuygʻular tongi" adabiy to'plami"Pillapoya" she'riy to'plamiErishgan yutuqlariIjodkor ko'plab xalqaro adabiyot va she'riyat tanlovlarida faol ishtirok etib kelmoqda.Ushbu nufuzli tanlovlarda faxrli g'olibliklarni qo'lga kiritgan.Bir qator xalqaro diplom hamda sertifikatlar shuningdek Millat umidi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.Uning she'rlari insoniy kechinmalar, hayot falsafasi va ezgu tuyg'ularga boyligi bilan kitobxonlar e'tiborini tortib kelmoqda.
Maʼruf Mo'minovning ijodlari
Sizni sog'indim ONA
ONAJON men sizni juda sog'indim,
Dil xufton,siqilib ketdim g'amlardan
Goyo yashayapman kulib yolg'ondan
Qumsadim quvonchni siz bor damlardan.
Onajon men sizni juda sog'indim,
Onasi borlarni koʻrsam yig'layman .
Qaniydi yonimda bo'lsangiz bir zum,
Sog'inch azobida dilim tig'layman
Mening azoblarim hechkim tushunmas,
Ovozimdan ingrar mungli taronam.
Kimgadir gapirsam ,balki ishonmas,
Onajon sog'indim sizni yomonam.
Ona, tushlarimga kiring iltimos,
Dunyoda sizdayin mehribon kim bor.
Onajon sog'indim sizni judayam,
Ko'zlarim har kecha bo'lib intizor...
✍Ma'ruf Mo'minov
Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: