Sahifa yuklanmoqda . . .


Li Bo va Du Fu suhbati

— Nega gulga boqib?
Qalbing tig’laysan?
— Dilimdan g’am ketdi,
Quvonchim toshar…
— Bo’lmasa, aytaqol,
Nega yig’laysan,
Ko’zingdan kurtakdek
Bo’rtib ko’zyoshlar?

— Netay, olis tog’lar,
Olchalar guli
Shod etib turarkan
Charchoq ko’nglimni,
Yo’qlik saltanatin
Eng sodiq quli –
O’lim ushlab tursa
Titroq qo’limni…

1988


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

28 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari