Sahifa yuklanmoqda . . .


Kuzni o'yla

Yozni o’yla…

Maris Chaklays

Kuzni o’yla
Qor ketishi bilan kuzni o’yla
Kuzni o’yla
G’ildiragi loyga botib qolgan aravani
Tortolmayotgan otni ayamay qamchilab
Kuzni o’yla
Beshafqat kuzni o’yla
Usti ochilib qolgan bolalaringni
Ko’rpa bilan o’rab qo’ya turib
Kuzni o’yla…
Kuzni o’yla tashnalikdan
Bahor yomg’irlarini ichib, lablaring
yorilib ketganda
Saraton oftobi tig’ida
Mehnat qoraytirgan bolalarning
Ko’zlariga qarolmasdan kuzni o’yla
Kuz kelishi bilan ko’karib ketgunicha
Yo’talayotgan qo’shni kampirga
yordam berolmasdan

Kuzni o’yla
Ikki tol ovutolmayotgan
Belanchakdagi bolaning bo’g’ilib yig’lashi,
Kun issig’ida ko’ksida suti qurib qolgan ayolning
Iztirobi aro kuzni o’yla
Kuzni o’yla…
Kuzni o’yla…

1981


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

14 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari