Sahifa yuklanmoqda . . .


Izillab yovuq-yovuq...

Izillab yovuq-yovuq. Jonga tirmashdi sovuq. Sovuq... Olam toraydi. Dilimda gul qoraydi. Ko‘ksimda izg‘irinlar. Ko‘ksimdagi muz — kimlar? Kimlar — bu bemahal qish? Kimlar — meni beyanglish — Topib kelgan yirtqichlar, Yuraklarni yirtgichlar? Kimlar?.. Jim... Otildi o‘q. Yomonlikning ismi yo‘q.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
12-Mayda yuklangan

19 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
sovuq izg'irin muz o'q yomonlik ism yurak yirtqich
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari