Sahifa yuklanmoqda . . .


Hammasiga sekin-asta erishdim men...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Hammasiga sekin-asta erishdim men,

Muhabbat ham keldi hayallab.

Bilim asta ortdi, aql kirdi shoshmay,

Tajriba ham keldi amallab.

 

Hamma narsa asta-sekin keldi,

U-bu ishga endi qodirman.

Bardoshim bor, hamma narsani men

Sabr bilan kutdim - sobirman.

 

Endi bu yog'i ham shunday bo'laversin,

Odat bo'lib qoldi sekin-astalik.

Qarilik ham kelsin sekinroq,

Shoshmay qo'ya qolsin xastalik.

 

O'lim qancha imillasa mayli,

Qancha kutgil desa, hozirman.

Bir umr kutishga o'rgangan odam

Endi shosharmidi?! Sobirman...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

100 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Faxriddin Shamsimatov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
sekin asta muhabbat bilim aql tajriba qodir bardosh sabr sobir odat qarilik xastalik o'lim umr shoshilish
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari