Sahifa yuklanmoqda . . .


Goho qalbin ushlab sezadi odam...

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Goho qalbin ushlab sezadi odam

Davr dardlaridan majruhligini.

Shunda birdan sekinlashar qadam,

Buncha uzoq yo'l bu umr degani.

 

Yurak yarasini silab dam-badam,

Dardlarini olar sevgani.

Shunda birdan jadallashar qadam,

Buncha qisqa yo'l bu umr degani.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 09-Aprelda yuklangan

258 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Faxriddin Shamsimatov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
qalb odam davr dard majruhlik jarohat qadam uzoq yo'l umr qisqa yurak sevgi
Muallif
Asqad Muxtor

Asqad Muxtor

Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.

Batafsil


Yangi She'rlar Asqad Muxtor She'rlari Asqad Muxtor asarlari