Sahifa yuklanmoqda . . .
Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing
Go'dak uxlar edi sohilda,
Belanchagi sambit niholdan.
Dengiz ham tinch, go'yoki uning
Taqdiri haqida xayolga tolgan.
Ammo seziladi uning qa'rida
To'lqinlarning dev suronlari.
Shunday teranlikda yashar hozircha
Go'dakning kelajak hayajonlari.
Roman, qissa, hikoyalari va she’riyati o’zining falsafiy teranligi, yoqimli badiiy mavjlari bilan o’quvchini rom etadi. «Opa-singillar», «Tug’ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu», «Jar yoqasida chaqmoq», «Buxoroning jin ko’chalari» singari yirik nasriy asarlari elga manzur. Adib yangicha mazmuniy va shakliy izlanishlarining samaralari bilan ham o’zbek adabiyoti tarixida o’ziga xos iz qoldirdi.