Sahifa yuklanmoqda . . .


Eski qo'shiq

Qoqiladi horgin otlar,
G‘ijirlaydi arava.
G‘ildiraklar izi yo‘lda
To‘zg‘iyotgan kalava.

Xush qol, yorim! Taqdir seni
Menga ko‘rmadi ravo.
Bu dunyoning ismi gulmas.
Puldunyodir bu dunyo.

To‘ying bo‘ldi, darangladi
Childirmayu nog‘ora.
Men ko‘changda bo‘zlab kezdim,
Muzlab kezdim — devona.

Xush qol, yorim,chimmatlaring
Ko‘z yoshingdan ho‘ldir-ey,
Birovlarga yor bo‘lguncha
Hasratingda o‘ldir-ey!

Lochin edim, armonlaring
Qayirdi qanotimni...
...Erta tongda aravaga
Qo‘shdim ikki otimni.

Manzil qayda? So‘ramagin,
Yo‘qotdim men o‘zimni.
Changli yo‘lda g‘ildirakning
Izi kabi to‘zidim...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 23-Aprelda yuklangan

132 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
yor taqdir gul dunyo pul ot arava ko'cha
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari