Sahifa yuklanmoqda . . .


Endi ketaman...

Endi ketaman.

Yomg‘irli ko‘chalarda
Mashinalar sachratib o‘tar
Chiroqlar suratini.

Bir qadam...

Xayrlashuv oldidan ko‘zlarni yashir.
Lablarni tishla —
Titramasin ular.

Bir qadam...

Ko‘zimizdagi yoshlarni nima qilamiz,
O‘tgan umrni?..

Bir qadam...

Hali yashamoq mumkin,
Keyin — bilmayman...

 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 24-Aprelda yuklangan

123 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
ayriliq yomg'ir ko'cha mashina chiroq qadam xayrlashuv yashamoq
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari