Sahifa yuklanmoqda . . .


Bu tosh g‘arib edi tog‘lar poyida...

Bu tosh g‘arib edi tog‘lar poyida Qoyalar qoshida juda xor edi. Teng edi pastlarning changu loyiga, Himmatu madadga balki zor edi. Meni keldim. Tosh bo‘lib yig‘lar edi tosh — Sog‘inib yuksakning havolarini. — Toshjon!— dedim,— Toshjon! Qo‘y o‘zingni bos! Angladim dardingning davolarini. Men toshni ko‘tarib toqqa jo‘nadim, O‘rlarga o‘rladim qaddimni bukib. Sirqirab mayishdi har bir so‘ngagim, Peshona terimni jaladay to‘kib. Falakka sapchidi borgan sari yo‘l, Quturib qo‘zg‘aldi o‘rnidan jarlar. Mening oyog‘imda endi titroq mo‘l, Mening tovonimda behisob xorlar. Tosh bo‘lsa, tosh bo‘lib yotar yelkamda... Tobora tanimni tark etmoqda kuch. — Toshjon!— dedim,— Toshjon! Men bir yelkanman Mendan madad ol-da, Endi o‘zing uch. Zalvoridan boshqa bir sasi yo‘qdir — Tosh bo‘lsa, tosh bo‘lib yotar yelkamda. Suyagim g‘ijirlab yiqildim oxir — Men — qotgan to‘lqinlar yenggan yelkanman! — Toshjon! — dedim.— Toshjon! Men ado bo‘ldim, Sen bunday yotmagin! O‘rningdan tur! Bas! Mendan madad kutma — jo bajo bo‘ldim, O‘zingdan ko‘mak top — tog‘larga tirmash! Tosh bo‘lsa, tosh bo‘lib yig‘ladi betin, Beun la’natladi, beun qarg‘adi: — Men yuksaltirmay yiqildi nechun? Bu odam aldadi, Meni aldadi...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 12-Mayda yuklangan

44 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
tosh tog' qoya aldov yelka yuksaklik zalvor sas
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari