Sahifa yuklanmoqda . . .
Bolalikda aytar edim onamga doim:
«Ulg‘aysam, men sizni tashlab ketmayman,
qo‘riqlayman oromingizni.»
Kun keldi, ulg‘aydim –
sochlari oqargan onam
ko‘zlari qorayib kutadi meni –
oromin o‘g‘irlab ketgan o‘g‘lini.
1978
O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.