Sahifa yuklanmoqda . . .
Sher ohuni quvib yetar,
“Qars” sinadi ohu bo’yni,
Ohuning qonin ichib,
Ohuning go’shtini yeb
Sher ohuga aylanar,
Changalzor tomon qochar…
Ovchi o’q uzadi:
“U-u-u-u-u-u!”
1989
* * *
Zo’r shoir dilida zo’r umid yashar,
Ko’r shoir dilida ko’r umid yashar.
Har umid tuproqqa tashlangan dondek
Butun koinotdan nur kutib yashar.
1989
O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.