Sahifa yuklanmoqda . . .


Bizni chalkashtirdi soat millari...

Bizni chalkashtirdi soat millari,
Soating to‘xtadi o‘n yil muqaddam.
O‘n marta aylandi mening yillarim.
Sen o‘n yil kechikib kelding, Muharram.

Havo quyuq edi. Kecha bejon, keng...
Hech umid yo‘q edi oydin ro‘zimdan.
Vaqtga (o‘n yil avval) kelolmadim teng,
Vaqt uchdi ajratib meni o‘zimdan.

Bir so‘zim bor edi — u so‘z to‘zidi,
Bir o‘yim bor edi — quridi u o‘y.
Sen kelding eritib yillar muzini,
Qarshimda bir olam turar bahorro‘y.

Besabr boqursan, notinch boqursan,
Uyqu bermagaysan she’rlar yozdirib.
Bormasam — olamni o‘tda yoqursan,
Ko‘zlaring qalbimga kirar bostirib.

Toqat qil. Shoshirma, Men borayapman.
(Poyimdan nur kabi oqa boshlar yer).
Ketmagin. Men sendan o‘n yil nariman.
O‘n yildan o‘tishga o‘n daqiqa ber...


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 22-Aprelda yuklangan

46 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
soat sevgi kechikish vaqt umid sabr daqiqa yil
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari