Sahifa yuklanmoqda . . .


Bir qishloqda yashaydi o‘glon...

Bir qishloqda yashaydi o‘glon,
Oddiygina dehqonning o‘gli.
U boqadi olamga hayron,
Nelargadir to‘ladi ko‘ngli.

U boqadi zangor osmonga,
Bir zumgina qoladi qotib.
Zangor osmon dehqon o‘g‘longa
Nimanidir qiladi tortiq.

Ma’ragancha qirlarda qo‘zi,
Dikir-dikir yugurgani on,

Ne uchundir lovullar ko‘zi
Titroq ichra qoladi o‘g‘lon.

U quvonchdan hayqirar, ba’zan
Sharsharalar aqlini olar.
Nimanidir sharshara birdan —
Jajjigina yurakka solar.

Nasib bo‘lsa o‘sha "nimadir"
Jajji qalbda boshlar talvasa,
Tug‘iladi shunda bir shoir,
She’r misoli yuragi toza.


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2022, 20-Aprelda yuklangan

77 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
qishloq o'g'lon shoir she'r osmon ko'ngil tuyg'u dehqon
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari