Sahifa yuklanmoqda . . .
Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yo‘q nishon,
Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur, makon?
Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlariga parda tortig'liq turarlar bag‘ri qon!
(Anor)
(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.