Sahifa yuklanmoqda . . .


Alpomishning qaytishi

Bepoyon dalada bir botir uxlar,
Sochlari chatishib ketgan giyohga.
Qay sado botirni yana qaytarar
Bu ko’hna, bu soqov, bu kar dunyoga?

Mo’ysafid tabiblar girdida halak,
Duogo’y kampirlar uni qurshamish.
Faqat uyqu aro tepinar yurak,
Biroq ko’zlarini ochmas Alpomish.

Burgutlar cho’qilab uzra go’shtidan,
Bulbullar in qurar kipriklariga.
Uchqur asrlarning tezkor shashtidan
Chang qo’nar qirday keng ko’kraklariga.

Chollar qayg’uradi: “Kim uyg’otar, kim?”
Kampirlar yig’laydi: “Uyg’onmas mangu!”
Shamollar guvillab o’tar betinim.
Boshida bulutlar qotgan beuyqu.

Xira ko’zlarini uzmay ufqdan
Donishmand cholgina yo’lga termilar
Va aylar bashorat: “Uni uyqudan
Uyg’ota oladi faqat bolalar”.

1982


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

46 marta ko'rildi

2 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari